20:16 / 01.06.2015
4179

Italiya bosh vaziri to‘satdan Afg‘onistonga tashrif buyurdi

Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi to‘satdan Afg‘onistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Rentsi Hirot shahridagi Italiya harbiylari joylashgan bazaga tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, Rentsiga tashrif davomida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Axmadzoy hamrohlik qilgan.

13 yil davom etgan NATOning Afg‘onistondagi missiyasi rasman o‘tgan yil dekabrida nihoyasiga yetgan, biroq alyansning kichik miqdordagi kontingenti afg‘on harbiylari bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun mamlakatda qolmoqda.

Top