22:53 / 01.06.2015
6030

Lola Karimova-Tillayeva Toshkentdagi “Mening ezgu orzuim” ko‘rgazmasini ochib berdi

O‘zbekiston San'at muzeyida “Sen Yolg’iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Mening ezgu orzuim” bolalar rasmlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmaning mavzusi 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, bu ko‘rgazma davomida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmada Toshkent va Toshkent viloyati mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va ixtisoslashtirilgan maktab-internetlarda tahsil oluvchi imkoniyati cheklangan bolalarning ijod namunalari namoyish etildi.

Bolalarning intellektual, ijodiy va madaniy rivojlanishiga ularning san'at va madaniyatga qiziqishlarini orttirish yo‘li bilan ko‘mak berish “Sen Yolg’iz Emassan” jamg‘armasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi vasiylik kengashi raisi va “Sen Yolg’iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi raisi Lola Karimova-Tillayeva kirish nutqi so‘zladi.

“Salom qadrli bolalar! Bugun biz siz bilan sizning badiiy ishlaringiz “Mening ezgu orzuim” ko‘rgazmasini ochmoqdamiz. Men har bir insonning hayotidagi barcha narsa orzudan boshlanadi deb o‘ylayman, bu har birimizning hozirimiz va kelajagimizni belgilaydi. Mening ezgu orzuim – sizning barcha intilishlaringiz amalga oshsin. Biz esa, o‘z navbatida buning uchun qo‘limizdan kelgan barcha narsani qilishga harakat qilamiz.
Mening qadrli yosh rassomlarim, bugun siz bilan birga tilaklar bildiramiz va bir-birimiz bilan bizning orzularimiz yashaydigan dunyo bilan o‘zaro o‘rtoqlashamiz.
Keling sayohatni boshlaymiz!”, deb aytdi Lola Karimova-Tillayeva.

Bolalar o‘z rasmlarida dunyoni go‘yoki yangidan yaratganday bo‘ldilar va bu dunyo ezgu, iliq va shinam bo‘lib yaraldi. Baxtli oila, porloq va muvaffaqiyatli kelajak – aynan shu narsalarni bolalar rasmlarida ko‘rish mumkin bo‘ldi. Ko‘rgazma doirasida asfaltda rasm chizish tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning so‘nggida ezgu niyatlar bildirilgan pufaklar osmonga uchirildi. Har bir ishtirokchi qog‘ozda o‘zining ezgu niyatini yozib, uni osmonga uchirdi.

Top