17:50 / 01.06.2015
6290

“Oryol i reshka” ko‘rsatuvi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

“Oryol i reshka” ko‘rsatuvi ijodkorlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ammo ular boshqa, “Oryol i reshka. Shopping” deb nomlangan yangi loyiha doirasida O‘zbekistonga kelishadi.
Ko‘rsatuvning mohiyati quyidagicha: ikki nafar boshlovchi dunyoning turli shaharlariga bozor-o‘char qilish uchun yo‘l olishadi, ulardan biriga mablag‘i cheklanmagan “oltin bank kartasi” berilsa, ikkinchisiga faqat 100 dollar taqdim etiladi.
Kimga baxt kulib boqishi, kim esa begona yurtda 100 dollar bilan qolib ketishi tanga tashlash orqali aniqlanadi.
Dastur davomida telemuxlislar shaharlarning diqqatga sazovor joylari, tarixiy yodgorliklari bilan tanishtirib boriladi.
Loyiha MDHning deyarli barcha davlatlariga tashrif buyurib ulgurdi. O‘zbekistonga esa ko‘rsatuv ijodkorlarining birinchi marotaba kelishi. Bu haqdagi xabar loyihaning Instagrammdagi sahifasida qoldirildi.
Boshlovchilar Buxoroni aylanib bo‘lib, Samarqandga yo‘l olgan. Ko‘rsatuv s'yomkalari sir tutilgani bois, boshlovchilar qachon Toshkentga kelishi noma'lumligicha qolmoqda.

Top