Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada nafaqaxo‘r ayolni zo‘rlash va o‘ldirishda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosining ishi ko‘rib chiqiladi
Moskva viloyatidagi Balashixa shaharchasi sudi nafaqaxo‘r ayolni zo‘rlash va o‘ldirishda ayblanayotgan 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Moskva viloyat tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, 2014 yilning 26 iyun kuni yigit 68 yoshli ayolning uyiga kirib, uni kaltaklagan, keyin esa zo‘rlagan. Ayol sodir etilgan jinoyat haqida huquq-tartibot idoralariga xabar berishidan cho‘chigan yigit uni bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Jinoyat ishi Balashixa sudida ko‘rib bo‘linganch, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudiga yo‘llandi.