Jamiyat | 19:08 / 01.06.2015
3264
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvalik o‘z qarindoshi bilan bahslashib qolib uni ashaddiy tarzda pichoqlab tashladi

Moskvada o‘z qarindoshini ashaddiy holda o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan erkak qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda M24.ru portali.

Tergov xulosasiga ko‘ra, 30 maydan 31 maygacha o‘tar kechasi qotil o‘zining xolavochchasi bilan janjallashib qolgan hamda unga nisbatan sovuq qurol ishlatib, qarindoshiga 300 marta pichoq sanchgan.

Jabrlanuvchi olingan jarohatlardan voqea joyida jon bergan. Gumondor shaxsga nisbatan “Qotillik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish