10:38 / 01.06.2015
1904

Mursiy prezidentlikdan ketganidan so‘ng Misrda 2 600 kishi halok bo‘ldi

Misrda Muhammad Mursiyning prezidentlikdan chetlashtirilishidan so‘ng avj olgan to‘polonlarda 2.6 ming atrofida odam halok bo‘lgan. Bu haqda huquq himoyachilari bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bu sonlar 2013 yil 30 iyunidan 2014 yil 31 dekabriga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
2013 yil iyulida Misr armiyasi hokimiyat tepasiga “Musulmon birodarlar” harakat vakillarining kelishi tufayli Mursiyni prezidentlikdan chetlashtirgan edi. Mursiyning tarafdorlari norozilik namoyishlari o‘tkaza boshladi. Ularning faollari, shu jumladan, Mursiyning o‘zi ham qamoqqa olindi.
Inson huquqlari bo‘yicha Davlat kengashi rahbari Muhammad Foyiqning ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlarning yarmi sobiq prezidentning tarafdorlaridir. Shuningdek, 700 politsiyachi va 550 tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Top