Jamiyat | 12:16 / 01.06.2015
2940
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda firibgarlik yo‘li bilan pul ishlagan tadbirkor hibsga olindi

Namanganlik tadbirkor Bunyod Naimov ko‘p marotaba qonunni buzib, qalloblik qilishda ayblanmoqda. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, u Namangan shahar hokimligidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgach, Chortoqdagi MChJlardan birining hisobchisi bilan til biriktirgan holda 8 bosh qoramolni bahosidan yuqori narxlarda pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishga kelishgan. Naimov qoramollarga ega bo‘lgach, ularni bozorda 29 mln so‘mga sotgan.
Bundan tashqari, tadbirkor Xalq bankining Toshkent viloyati Chinoz tuman filialida ochilgan hisob raqami orqali bir oyda 1 mln, Milliy bankning Toshkent shahar Hamza tumani filialida ochilgan hisob raqami orqali 11 mln so‘m debet va yana shuncha kredit aylanmalarini amalga oshirgan.
Naimov pul ko‘chirish yo‘li bilan sotib olingan 11 mln 784 ming so‘mlik mahsulotlarni naqd pulga sotgan. Ammo savdodan tushgan pulni nazorat-kassa mashinasiga kirim qilmasdan, bankdan yashirgan. O‘z ishlarini yashirish uchun tadbirkor qat'iy hisobdagi buxgalteriya hujjatlarini qasddan yo‘q qilib yuborgan.
Bunyod Naimovning shu boshqa ishlari fosh qilinib, tadbirkor jinoiy javobgarlikka tortildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish