Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aeroportlari “Aeroport” fuqarolik aviatsiyasi uyushmasi mukofotlariga sazovor bo‘ldi
2014 yildagi faoliyat yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlari “MDH mamlakatlarida yilning eng yaxshi aeroporti” tanlovi g‘oliblari bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali xabar berildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu tanlovda O‘zbekiston aeroportlari ilgari ham ishtirok etib, turli nominatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. O‘tgan yilgi natijalar esa bir yo‘la uch nominatsiyada g‘oliblikni keltirdi.
Yiliga 200-500 ming yo‘lovchi tashiydigan Samarqand aeroporti “Faollik va intiluvchanlik uchun”, Urganch aeroporti “Ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, Buxoro aeroporti esa yashirin ovoz berish yo‘li bilan 200 minggacha yo‘lovchi tashiydigan aeroportlar ichida “MDH davlatlarida yilning eng yaxshi aeroporti” deb topildi.
G‘olib aeroportlarga kuboklar va faxriy yorliqlar topshirildi.