Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 17:06 / 01.06.2015
2256
1 daqiqa o‘qiladi
Quyosh batareyasida ishlaydigan Solar Impulse samolyoti Yaponiyada qo‘nishga majbur bo‘ldi
Quyoshdan quvvat olib ishlovchi Solar Impulse samolyoti Tinch okeani ustidan parvozni boshlaganiga bir kun bo‘lmay Yaponiyaning Nagoya shahrida qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda loyihaning tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali ma'lum qilindi.
Olti kunlik parvoz chog‘ida Gavayi orollarida tanaffus qilinishi rejada bor edi. Samolyotni uchuvchi Andre Broshberg boshqarib bormoqda.
“Men Nagoyaga uchayapman, parvozni davom ettirish imkoniyati yo‘qligidan taassufdaman, Yaponiya hukumatiga minnatdorman”, – deb yozgan u o‘z tvitterida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish