Sport | 12:20 / 01.06.2015
2360
3 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Haydarov: Afsuski, Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshlay olmadik

O‘zbekiston U-20 - Gonduras U-20 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining birinchi qismida terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov qatnashib, o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ravshan Haydarov: Afsuski chempionatni kutilganidek boshlay olmadik. Uni g‘alaba bilan boshlamoqchi edik. O‘yin boshida yo‘l qo‘ygan xatolarimiz bizga qimmatga tushdi. Ayniqsa, darvozabon va himoyachilar xatosi juda qo‘pol bo‘ldi. O‘yin boshida bizda yaxshi imkon bo‘ldi, ammo biz foydalana olmadik, ular esa foydalanishdi.

-Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, ikkinchi turdagi Germaniya bilan o‘yin muhimroq edi, shu fikrga qo‘shilasizmi yoki siz boshqacha fikrdamisiz?
- Yo‘q. Qaytanga birinchi o‘yin doimo muhim bo‘ladi, chunki birinchi o‘yinda qo‘lga kiritiladigan ochko juda muhim. Bugun xatolarimiz tufayli buni uddalay olmadik. Ular ustida ishlaymiz. Germaniyaga qarshi o‘yin muhim va bu o‘yin hali o‘z muhimligini yo‘qotmadi. Ularga qarshi o‘yin uchun boshqacha tayyorlanamiz.

-Birinchi turdagi mag‘lubiyat rejalaringizni o‘zgartirib yubormadimi. Umuman jahon chempionatidan nimalarni kutmoqdasiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
- Ha, biroz rejalariz o‘zgardi. Germaniyaga qarshi boshqacha tayyerlanamiz. Bugungi mag‘lubiyat yigitlarni yanayam mas'uliyatliroq bo‘lishga undaydi, deb umid qilaman.

Hali oldimizda yana ikkita o‘yin bor va ularda ochko olishga harakat qilamiz. Har bir uyinning ahamiyati boshqa. Imkoniyatmiz bor. Ulardan foydalanamiz nasib kilsa. Germaniyaga qarshi uyin haqida o‘ylash uchun, avvalo bugungi o‘yinni unutishimiz kerak. Xatolarni tahlil kilib, ular ustida ishlab, keyingi o‘yinga boshqacha kayfiyatda tushamiz.

Manba: uff.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish