Jahon | 19:54 / 01.06.2015
3470
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Ukraina 640 mln dollarlik yadro yonilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Rossiya Ukraina bilan atom elektr stansiyalari uchun 640 mln dollarlik yadro yonilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

“Rosatom” Ukrainaga yadro yonilg‘isi yetkazib berish hajmini kamaytirmoqchi emas, deb aytmoqda “Rosatom” tarkibiga kiruvchi “TVEL” kompaniyasi bosh vitse-prezidenti Aleksey Grigorev.

“Ukrainaga bizning yonilg‘ini yetkazish davom ettiriladi, agar bunga siyosat qo‘pol ravishda aralashmasa, uning hajmi kamaytirilmaydi”, deb aytdi Grigorev.

Grigorevning ta'kidlashicha, Rossiya va Ukraina bilan avval tuzilgan kelishuvlar qayta ko‘rilmagan va yonilg‘ini yetkazib berish, to‘lovlar va yangi rahbariyat bo‘yicha muammolar yuzaga kelmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish