Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent Land bog‘ida xayriya tadbiri uyushtiriladi
2 iyun kuni Xalqaro bolalarni himoya qilish yili munosabati bilan Tashkent Land bog‘ida xayriya tadbiri uyushtiriladi. Ta'kidlanishicha, ushbu an'anaviy tadbir 18-marta o‘tkazilmoqda.
Tadbir tashkilotchilari – “Sog‘lom avlod uchun” va “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armalari, xalq ta'limi, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari, Toshkent shahri va viloyati hokimiyatlari.
Mamlakatning eng yaxshi bog‘iga shahardagi 21, 22, 23, 30-sonli, viloyatdagi 14 va 15-sonli mehribonlik uylarininng tarbiyalanuvchilari, mudofaa vazirligi xodimlarining boquvchisiz qolgan bolalari, “SOS O‘zbekiston bolalar qishloqlari” Assotsiatsiyasi filiali bolalari, jami 1 000 nafar bola taklif qilingan.
2 iyun kuni bog‘da bolalar uchun bepul attraksionlar, muzqaymoqlar va ichimliklar tashkil qilinadi. Homiylar – Aminov Maks va Royal Muz Service MChJ.