Sport | 12:38 / 01.06.2015
3202
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina “Gazprom” homiyligi tufayli futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati translyatsiyasidan voz kechdi

Ukrainada futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilishdan voz kechildi. Ukraina Milliy teleradiokompaniyasi bosh direktori Zurab Alasaniya U-20 bahslaridan nima sababdan voz kechilganini izohlab o‘tdi.
“Kompaniyaning bosh direktori sifatida, translyatsiyalar xaridida oxirgi gapni aytishga haqqim bor. Qaror quyidagicha: “UA: Pershiy” voqeani translyatsiya qilib bormaydi, negaki musobaqaning homiysi Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasidir”, – uning so‘zlarini keltiradi “Futbol 24” portali.
Uning fikricha, Ukraina terma jamoasi ham musobaqada qatnashishdan voz kechishi kerak edi.