Andijonda tennis bo‘yicha uchinchi toifasiga mansub bo‘lgan “Fyuchers” turniri boshlandi. Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada asosan o‘zbekistonlik tennischilari ishtirok etishyapti.
1 iyun kuni birinchi davraning aksar bahslari o‘tkazildi. Asosiy to‘rda ishtirok etuvchi 19 nafar tennischimizdan hozirgacha besh nafari ikkinchi davraga yo‘l oldi. Qolganlari esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi.
Musobaqada 5-raqam ostida tasniflangan Temur Ismoilov yana bir hamyurtimiz Shoxruh Abdumalikovni 6:0, 6:2 hisobida taslim etdi. Shuningdek, ikkinchi bosqichga Pavel Tsoy, Sunatilla Quttiboyev, Grigoriy Reytman va Sanjar Fayziyev yo‘l olishdi.