16:11 / 02.06.2015
2038

AQSh Federal sud markazi rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekistonga AQSh Federal sud markazi rahbari Jyeremi Fogel boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Olti kunlik safar chog‘ida delegatsiya O‘zbekiston oliy sud va qonunchilik organlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Safarning dastlabki kunida Oliy sudda uchrashuv o‘tkazilib, uning doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
“Missiyamizdan ko‘zlangan asosiy maqsad sud hokimiyati sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishdir, – dedi Fogel “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida. – Birinchi navbatda, bu kadrlar tayyorlashni yaxshilash, yuristlar malakasini oshirish va, albatta, sud tizimini takomillashtirib borish zarur. Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilishda davom etamiz”.

Top