12:33 / 02.06.2015
2211

AQShda aeroportlar xavfsizligi oshirildi

AQSh milliy xavfsizlik vaziri Jyey Jonsonning bayonotiga ko‘ra, mamlakat aeroportlarida nazorat yanada kuchaytiriladi.
Ilgari sinovdan o‘tkazilgan xavfsizlik tizimi kutilgan natijani bermadi. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, 70 holatdan 67tasida bortga qurol va portlovchi modda olib kirishga muvaffaq bo‘lingan.
Reuters agentligining xabar berishicha, tekshiruv AQShning o‘nlab aeroportlarida o‘tkazilgan. Agentlar qurol va portlovchi uskunalar mulyajlarini xavfsizlik tizimidan olib o‘tishi talab qilingan. Ularning aksariyati buning uddasidan chiqqan.
Tekshiruv qoniqarli natija bermagach, Transport xavfsizligi ma'muriyati xavfsizlik tizimiga ishonch yo‘qligini tan olgan va nazoratni kuchaytirishga chaqirgan.
Tekshiruv natijalarini qo‘lga kiritigan vazirlik bu borada tezkor chora-tadbirlar ko‘ra boshladi. Xususan, personalni treningdan o‘tkazish, qo‘shimcha jihozlar o‘rnatish, tekshiruvlarni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Top