Sport | 15:18 / 02.06.2015
2279
1 daqiqa o‘qiladi

Benites «Real» bilan uch yillik shartnoma imzoladi

Rafael Benites Madridning «Real» klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda AS nashri.

Nashr manbasi keltirgan axborotga ko‘ra, murabbiyning yillik maoshi 4 million yevroga teng bo‘ladi.

«Real» hozircha shartnoma imzolangani haqida hech bir rasmiy axborot berganicha yo‘q. Bunday xabar 3 iyun kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da e'lon qilinishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish