14:41 / 02.06.2015
7485

Bolalar kuni munosabati bilan leykemiya bilan og‘riganlar bolalar uchun xayriya tadbiri o‘tkazildi

1 iyun kuni xalqaro bolalarni muhofaza qilish kuni munosabati bilan "Faxrli inson" loyihasiga ko‘ra "Gematologiya" instituti qoshidagi leykemiya bilan og‘riganlar shifoxonasida bayram tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir 1 iyun kuni soat 10:00dan 15:00ga qadar davom etib, unda 66 nafar donor ixtiyoriy ravishda qon topshirgani hamda to‘plangan moddiy yordam 20 mln so‘mdan oshgani ma'lum qilindi. Moddiy yordam puli bemor bolalarga dori-darmon olish uchun sarflanadi. 

O‘zining 3 yilligini nishonlayotgan tadbirda 40dan ortiq xonandalar, shuningdek, aktyorlar, qiziqchi hamda futbolchilar ishtirok etdi.

Top