Jamiyat | 14:50 / 02.06.2015
7565
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon zahri sotish bilan shug‘ullangan qashqadaryolik erkak va uning sheriklari qo‘lga olindi

1969 yili Qashqadaryoda tug‘ilgan fuqaro Shodmon To‘xtayev ilon zahrini noqonuniy sotishda ayblandi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha To‘xtayevga Umar ismli tanishi ilon zahrini sotishni taklif qilgan. Orada kelishuv bo‘lgach, Umar to‘rt plastik idishda ilon zahri olib kelgan. Ular o‘z faoliyatlariga 19-20 yoshli G‘ulom va Safarni, 23 yoshli Dilnurni ham tortishgan.
Sheriklar Toshkentning Chilonzor tumanidagi 1-sonli shifoxona qarshisidagi restoranda o‘tirib, davolanish maqsadida tashrif buyurganlarga aldov yo‘li bilan zaharni sota boshlagan. Ilon zahrining 1 grammi 60-90 AQSh dollariga pullangan.
2014 yilning 18 aprel kuni To‘xtayev 200 gramm zaharni 18 ming dollarga sotayotgan chog‘da qo‘lga olindi. Surishtiruv jarayonida uning barcha sheriklari ham fosh etildi. Jinoiy guruh sud oldida javobgarlikka tortildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish