Jahon | 19:06 / 02.06.2015
4469
2 daqiqa o‘qiladi

Iroqda IShID jangarilari butun Anbar viloyatiga boradigan suvni to‘sib qo‘ydi

2 iyun kuni IShID terrorchilik guruhi jangarilari Ramadi shahri yaqinidagi Evfrot daryosidagi to‘g‘onni yopib qo‘ydi. Bu bilan Anbar viloyati deyarli chuchuk suv ta'minotidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar to‘g‘onning asosiy darvozalari tabaqalarini yopib, Anbar viloyatining janubiy tumanlariga suv oqimini to‘xtatib qo‘yganlar. Daryo oqimi bo‘ylab pastda Iroqning Al-Xobbaniya va Al-Xolidiya kabi yirik shaharlari joylashgan. Bu shaharlar aholisi aynan Evfrotdan suv olganlar. Ba'zi fikrlarga ko‘ra, IShID shu tariqa suv sathini kamaytirib, o‘z jangarilarini ushbu shaharlarga tashlamoqchi.
May oyi o‘rtasida IShID jangarilari Anbar viloyatining ma'muriy markazi Ramadi shahrini bosib olgan. Shundan keyin Iroq hukumati nazorati ostida viloyatdagi 41 ta yirik aholi punktidan 5 tasigina qolgan edi. Ayni paytda Iroq armiyasi Anbar viloyatini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha harbiy operatsiya o‘tkazmoqda

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish