Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KFC tamaddixonalar tarmog‘i o‘zi haqidagi tuhmatlar uchun Xitoy kompaniyalarini sudga berdi
AQShning tovuqdan taomlar tayyorlashga ixtisoslashgan KFC tamaddixonalar tarmog‘i taomlar sifati haqida yolg‘on axborotni tarqatgani uchun uchta Xitoy kompaniyasi ustidan sudga shikoyat qildi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.
Kompaniya vakillarining aytishicha, KFC ning xitoylik raqbatchilari tarmoqqa tegishli qahvaxonalarda olti qanotli va sakkiz oyoqli irsiy modifikatsiyalangan tovuqlardan tayyorlangan taomlar tortiq qilinishi haqida ishonchsiz axborot tarqatgan.
Ma'muriy javobgarlik ishi Xitoyning Shanxi Weilukuang Technology, Taiyuan Zero Point Technology va Yingchenanzhi Success and Culture Communication kompaniyalariga nisbatan qo‘zg‘atilgan. Ushbu kompaniyalar WeChat ijtimoiy tarmog‘ida ushbu yolg‘on axborotni tarqatgan.
KFC moddiy zarar sifatida har bir kompaniyadan 242 ming dollar tovon puli talab qilmoqda.