19:39 / 02.06.2015
2288

Mertezaker penalti tepishni o‘rganmoqda

Mavsum yakuniga yetgach ta'tilga yo‘l olgan “Arsenal”ning germaniyalik himoyachisi Per Mertezaker vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda.

U ayni kunlarda 11 metrlik nuqtadan zarba berish sirlarini o‘rganishni boshlab yuborgan - shu mavzudagi kitobni mutolaa qilmoqda. Bu haqda Mertezaker o‘z Facebook sahifasida ma'lum qilgan.

“Ta'tildagi vaqtimni Ben Litletonning “11 metr” nomli kitobini o‘qish bilan o‘tkazyapman. Ko‘ramiz, agar kitobni o‘qib bo‘lsam, balkim penalti tepishga urinib ko‘rarman”, deya yozadi futbolchi.

Ta'kidlash lozim, Per Mertezaker hali hech qachon o‘yin paytida penalti amalga oshirmagan. 


Top