06:59 / 02.06.2015
1674

Moskvaning barcha okruglarida maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari ishlamoqda

Moskvada 16 maydan boshlab har dam olish kunlari “RazDelnyy sbor. Moskva” harakati ko‘ngillilari tomonidan tashkil etilgan chiqindilarni qabul qilish mobil punktlari faoliyat yuritmoqda.

Bu tadbir 6 oy davom etadi. Bir oy ichida yuk mashinasi ko‘rinishidagi mobil punkt butun shahar bo‘ylab 40ta joyda to‘xtab, bir soat davomida chiqindilarni qabul qiladi.

Tadbirdan maqsad aholining e'tiborini chiqindilarni xavfsiz utillashtirish, doimiy qabul qilish punktlari haqida ma'lumot berish va doimiy punktlar ochilmagan hududlarda chiqindilarni qayta ishlashga topshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

Qayta ishlashga makulatura (qog‘oz, karton), shisha idishlar (bankalar va ichimlik idishlari), plastik idishlar, flakonlar, kanistralar (01 “PET” va 02 “HDPE” belgisiga ega ichimlik yoki maishiy kimyo idishlari), alyumin bankalarni topshirish mumkin.

Yig‘ilgan chiqindilar Moskvadagi “Taratreyd” kompaniyasiga yuboriladi. Kompaniya xodimlari chiqindilarni turiga ko‘ra ajratib, briket shaklida presslab, qayta ishlovchi zavodlarga yuboradi.

Top