Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:53 / 02.06.2015
2716
1 daqiqa o‘qiladi
Nigerdagi meningit epidemiyasi 500dan ortiq odamni hayotdan olib ketdi
545 kishi Niger davlatida tarqalgan meningit epidemiyasining qurboni bo‘ldi. Reuters agentligining xabar berishicha, umumiy hisobda ushbu kasallikka, 8 234 kishi yo‘liqqan.
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining hisobotida aytilishicha, epidemiyaning avji o‘tib ketgan. O‘limlarning katta qismi vaksinalar yetkazilishining kechikishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
O‘limlarning eng katta qismi may oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keldi. Oxirgi hafta mobaynida 8 kishi vafot etdi.