Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:23 / 02.06.2015
1728
1 daqiqa o‘qiladi
Nigeriyadagi bozorda portlash yuz berishi oqibatida 50 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi
2 iyun kuni Nigeriyaning Mayduguri shahridagi bozorlardan birida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Reyter xabar qilgan.
Guvohlarning aytishicha, hodisa qurbonlari miqdori 50 nafardan oshishi mumkin.
Qayd etish joizki, bu shu shaharda shu haftada ro‘y bergan ikkinchi portlash bo‘ldi.
30 may kuni ham Mayduguri shahridagi masjidda terakt amalga oshirilgan va 29 nafar kishi halok bo‘lgandi. Bu xunrezlik uchun javobgarlikni "Boko Haram" guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish