Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik o‘qituvchi o‘quvchi qizni uylanish maqsadida o‘g‘irlab ketdi
Chimkent shahrida 11-sinf o‘quvchisini o‘g‘rilab ketgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hibsga olindi. Interfaks agentligining xabar berishicha, u o‘quvchi qizga uylanmoqchi bo‘lgan.
25 yoshli o‘qituvchining uch nafar sherigi ham bo‘lgan. Qizning ota-onasi uning ustidan shikoyat qilgach, huquqbuzar qo‘lga olingan.
Kelin o‘g‘irlash – O‘rta Osiyo va Kavkazda keng tarqalgan odat. Qozog‘istonda oxirgi yillarda bu odatga qarshi kurash olib borilmoqda.
Jumladan, 2013 yili “Ayollar ijodiy tashabbusi ligasi” jamoat tashkiloti boshqaruvi raisi Asiya Xayrulina o‘g‘irlash asosida tuziladigan nikohlarni bekor qilish tashabbusi bilan chiqqandi.