O‘zbekiston | 16:02 / 02.06.2015
2039
1 daqiqa o‘qiladi

Rasmiy Toshkent va Ashxobod oliy darajadagi uchrashuvga tayyorlanadi

2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

Uchrashuv vaqtida O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov o‘z hamkasbi bilan ikki tomon o‘rtasida oliy darajada uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha gaplashgan.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari, O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘llari va mexanizmlari ham muhokama qilingan.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, 1991 yildan buyon O‘zbekiston va Turkmaniston tomonlari o‘rtasida 16 marta oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Shundan 8tasi Toshkentda va yana 8tasi Ashxobodda o‘tkazilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish