18:38 / 02.06.2015
4168

Ronaldu yo‘l chetidagi noma'qul harakati uchun fransuz politsiyasidan ogohlantirish eshitdi

Fransiyaning San-Trope shahri politsiyasi «Real» klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduni shahar ko‘chalaridan birida kichik hojatini chiqarayotganda ko‘rib qolib, unga og‘zaki ogohlantirish berdi.

Voqea 1 iyun tongida sodir bo‘lgan. Portugaliyalik futbolchi do‘stlari bilan Le Quai klubidan chiqib, mehmonxonaga yo‘l olgan vaqtda Ronaldu ko‘chadagi avtomobillardan birining ortiga o‘tib, hojatini chiqargan.

Politsiyachilar Ronalduning oldiga kelib, jamoat joyida bunday harakat qilmaslikni tavsiya qilishib, unga bu hududni tark etishni so‘ragan. Futbolchi politsiyachilarning ko‘rsatmasiga bo‘ysunib, voqea joyidan jo‘nab ketgan.

Manba: mirror.co.uk

Top