O‘zbekiston | 16:28 / 02.06.2015
2584
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar imtiyozlar olish uchun yozma murojaat qilishdan ozod etilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berish jarayonlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Interfaol davlat xizmatlari Yagona portalida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Aytilishicha, qonunda ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini bir qadar osonlashtirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, o‘zgartishlar qabul qilingan taqdirda, tadbirkorlik sub'yektlari imtiyoz va priferentsiyalar olish uchun tegishli tashkilotlarga (soliq, bojxona xizmati, statistika, banklar va h.k.) yozma ravishda murojaat qilib, o‘zlarining kichik biznes sub'yekti ekanligini ma'lum qilishi talab qilinmaydi. Ya'ni imtiyoz va preferensiyalar olish uchun hech qanday yozma murojaat talab qilinmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish