Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuladagi xunrezlikda omon qolgan bola tergov tomonidan so‘roq qilinmoqda
Rossiya tergov idoralari Tulada ommaviy qotillikning guvohi bo‘lgan bolani so‘roq qilishni boshladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
“Tibbiy xodimlar bolaning sog‘lig‘ini o‘rtacha og‘irlikda baholamoqdalar, bolaning salomatligi yaxshi tiklanmoqda, shu munosabat bilan tergovchi shifokorlar ruxsati bilan balog‘atga yetmagan bolani so‘roq qilishni boshladi”, deb xabar bermoqda viloyat tergov qo‘mitasi.
7 yoshli bola uning oilasiga bosqinchilikdan keyin omon qolgan. Bosqinchilik oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. Qotillikda 30 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro ayblanmoqda.