Sport | 11:41 / 02.06.2015
2615
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA Rossiyadagi JCh-2018 turnirini boykot qilmaydigan bo‘ldi

UYeFA prezidenti Mishel Platini va tashkilotga a'zo terma jamoalar Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini boykot qilmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek Platini Braziliya va Argentina terma jamoalari ham ishtirok etadigan boshqa biror musobaqa tashkil qilishni ham ko‘zlamayapti. Platini faqat FIFA vitse prezidenti sifatida faoliyatini davom ettirmasligini aytgan. Fransiyalik mutasaddi FIFA ijro qo‘mitasini boykot qilishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, FIFAdagi korrupsiya bilan bog‘liq mashmashalardan so‘ng FIFA va UYeFA o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish