Jamiyat | 13:24 / 02.06.2015
2819
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro migratsiya tashkiloti: Qirg‘izistonlik muhojirlar madaniy va hududiy yaqinlik tufayli MDH va Turkiyaga boradi

Qirg‘izistonlik mehnat muhojirlari madaniy va hududiy yaqinlik e'tiborga olgan holda Turkiyaga va MDH davlatlariga boradi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekiston, Turkmaniston va Qirg‘izistondagi missiyasi rahbari Deyan Keserovich bayonot berdi.
“Markaziy Osiyoda migratsiya masalalari” mavzuidagi xalqaro konferensiyadagi chiqishi chog‘ida Keserovich dunyoda 1 mlrd muhojir borligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, u Markaziy Osiyo mintaqasida muhojirlarning asosiy motivlari ishsizlik bilan bog‘liqligini ta'kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, mintaqada noqonuniy muhojirlar masalasi hanuzgacha o‘tkir bo‘lib qolayotgani aytib o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish