08:28 / 02.06.2015
2034

Xitoy bosh vaziri "Dunfanchjisin" kemasi halokatga uchragan hududga keldi

Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan "Dunfanchjisin" ("Sharq yulduzi") teploxodi halokatga uchragan joyga keldi va qutqaruv amaliyotini kuzatib bormoqda. Bu haqda CCTV telekanali tvitteri orqali xabar berilgan.

Ayni vaqtda qutqaruvchilar 20 kishini qutqarib olishgan va 8 nafar qurbon bo‘lgan yo‘lovchining jasadini topishgan. Yana 450 nafardan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Biroz oldinroq, kemada 449 nafar kishi bo‘lgani xabar qilingandi.

Top