Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:16 / 02.06.2015
1444
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda cho‘kib ketgan kemadan 20 nafar yo‘lovchi qutqarib olindi
Xitoyning Yantszi daryosining sharqiy qismida "Dunfanchjisin" ("Sharq yulduzi") nomli teploxod halokatga uchradi.
Qutqaruvchilar bu kemada bo‘lgan 449 nafar kishidan 20 nafarini suvdan chiqarib olishgan. Bu haqda TASS nashri mahalliy manbalarga asoslangan holda xabar berdi.
Ayni vaqtda hududda kuchli shamol esishi va yomg‘ir yog‘ishi davom etmoqda. Bu esa qutqaruvchilarning ishini qiyinlashtirmoqda.
Qayd etilishicha, kemaga chiqqan 449 nafar kishining barchasi Xitoy fuqarolari hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish