12:19 / 02.06.2015
2606

Yantszi daryosida cho‘kkan kema kapitani hibsga olindi

Xitoy politsiyasi 2 iyunga o‘tar kechasi Yantszi daryosining mamlakat sharqidagi Xubey viloyati hududidan o‘tuvchi qismida halokatga uchragan "Sharq yulduzi" nomli teploxodning kapitani hamda mexaniklari boshlig‘ini hibsga oldi. Bu haqda Xitoy milliy televideniyesiga asoslangan holda TASS nashri xabar bergan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, kema bortida 458 nafar kishi bo‘lgan, ularning 13 nafari qutqarib olingan, 5 nafar yo‘lovchining jasadi topilgan.

Ma'lum qilinishicha, kuchli shamol kema halokatiga sabab bo‘lgan. Noqulay ob-havo sharoiti davom etgani uchun qutqaruvchilarning ishi qiyinlashgan.

Ushbu sayyohlik kemasi Nankin shahridan Tszyanli tumani hududiga ketayotgan bo‘lgan. Bortdagi 458 nafar kishidan 47 nafari ekipaj a'zolari, 5 nafari turistik kompaniya vakillari, qolganlar yo‘lovchilar edi.

Top