09:12 / 02.06.2015
2525

Yangi ZTE Nubia X8 smartfonining suratlari e'lon qilindi

Xitoylik blogerlar yangi ZTE Nubia X8 smartfonining dastlabki suratlarini e'lon qilishdi.

Ta'kidlanishicha, yangi fablet 5.5-6 diagonalli QHD-displeyga, 4 Gb operativ xotiraga ega bo‘lib, uning qalinligi 7.9 mm ga teng.

Telefon 5120 mA/soatli batareya bilan jihozlangani bois eng ko‘p quvvat saqlab turadigan uskunaga aylanishi mumkin. U Android 5.0 dasturiy ta'minotida ishlaydi. Fablet qachon sotuvga chiqarilishi ma'lum emas.

Top