Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyadan Yevropa Ittifoqi rasmiy shaxslariga kiritilgan sanksiyalarni tushuntirib berishni so‘radi
AQSh Rossiyadan Yevropa Ittifoqi rasmiy shaxslariga Rossiyaga kirishning taqiqlanishi bilan bog‘liq vaziyatni tushuntirib berishni so‘ramoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Biz Yevropa Ittifoqining Rossiya tomonidan YeIning bir qator siyosatchilariga Rossiyaga kirishni taqiqlovchi “stop-list”i borasidagi xavotiriga qo‘shilamiz. AQSh barcha davlatlarda viza qonunlarining qonuniy bajarilishini qo‘llab-quvvatlaydi va Rossiya hukumatidan bu taqiqlov qanday yuridik standartlarga asoslanishini tushuntirib berishini so‘raydi”, deb aytmoqda manba.
Avvalroq Yevropaning bir qator nashrlarida Rossiyaning mamlakatga kirishni taqiqlovchi “qora ro‘yxati” chop etilgan edi. Bu ro‘yxatga asosan Boltiqbo‘yi davlatlari, Polsha, Shvetsiya va Buyuk Britaniya rahbar shaxslari kiritilgan.