Sport | 18:47 / 03.06.2015
1827
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya», «Real», «Milan» va «Tottenxem» Audi Cup-2015 turnirida ishtirok etadi

"Real", "Milan" va "Tottenhem" jamoalari "Bavariya" mezbonlik qiladigan Audi Cup-2015 turniriga tashrif buyurishadi.

O‘yinlar 4-5 avgust kunlari "Alyants Arena" o‘yingohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvaliga "Real" "Tottenhem" bilan, "Bavariya" esa "Milan" bilan kuch sinashadi. Ikki juftlikning g‘oliblari esa bosh sovrin uchun, mag‘lublar uchinchi o‘rin uchun o‘yin o‘tkazishadi.

Bu turnir har 2 yilda bir marta tashkil etiladi. 2013 yilgi o‘yinlarda "Bavariya" g‘olib chiqqandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish