17:30 / 03.06.2015
2207

Belarus Ukraina bilan chegaralarini mustahkamlaydi

Belarus mudofaa vazirligi tekshiruvlar doirasida Ukraina bilan chegaradosh Gomel viloyatiga bir nechta harbiy bo‘linmalar yuboradi. Bu haqda vazirlik sayti orqali ma'lum bo‘ldi.

Axborotnomada ta'kidlanishicha, qurolli kuchlarning maxsus operatsiya kuchlari 38-gvardiya alohida mobil brigadaning ikki mobil rotasi to‘la harbiy tayyorgarlik holatiga keltirilgan. Harbiylar Brest-Gomel yo‘nalishidan o‘tib, davlatning janubiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida chegara qo‘mitasiga topshiriladi.

Top