Sport | 20:25 / 03.06.2015
3666
1 daqiqa o‘qiladi

Benites "Real"dagi ilk matbuot anjumani vaqtida ko‘z-yoshlarini tiya olmadi

3 iyun kuni Madridning "Real" jamoasi Rafael Benites bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini e'lon qildi va uning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.

Marosimdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumani vaqtida murabbiy jurnalistlarning savollariga javob bera turib, yig‘lab yuborgan.

"Nimani gapirishni bila turib, uni gapira olmaslik qiyin vazifa ekan. Bugun o‘ziga xos kun, men uyimga qaytdim va bundan juda xursandman. 

Menga ishonilgan vazifani ortig‘i bilan bajarishga harakat qilaman. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ldi va sovrinlarni yutishni davom ettiramiz.

Jamoa yaxshi o‘ynamoqda va ularga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytarish kerak", - deydi Benites.

Ma'lumot uchun, u "Real"da 1989-1994 yillar mobaynida ham turli yosh darajasidagi jamoalar murabbiyi va asosiy jamoa murabbiyi yordamchisi sifatida ishlagan.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish