23:35 / 03.06.2015
2215

Benites: «Shartnoma tuzishimiz mumkin bo‘lgan o‘yinchilar nomini oshkor etmaymiz”

Madridning “Real” klubining yangi bosh murabbiyi Rafael Benites klubning “Liverpul” yarim himoyachisi Rahim Sterling va “Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xeaga qiziqish bildirayotganini tasdiqlamaslikni afzal bilmoqda.

“Biz Rahimning o‘yiniga qoyil qolamiz, bu sir emas. U boshqa klubda to‘p suradi va u haqida biror narsa aytolmayman. Xuddi shunday de Xea haqida ham aytish mumkin. Biz sotib olmoqchi bo‘lgan o‘yinchilarimiz nomini oshkor etmaymiz”, deb aytmoqda Benites.

Top