10:13 / 03.06.2015
3748

Yeji Dudek: Mourino «Real»da «kalamush» borligini aytgan edi

“Real” jamoasining sobiq darvozaboni Yeji Dudek o‘zining avtobiografiyasida 2011 yilda Madrid klubi va “Barselona” o‘rtasida bo‘lgan uchrashuvdan keyingi noxush holat haqida so‘zlab berdi.

“2011 yilda “Barselona” bilan durrangdan keyin Mourinyu kiyinish xonasiga kelib, biz yomon natijaga erishmaganimizni aytdi. Bu bilan bahslashish qiyin edi, chunki biz butun ikkinchi taym 10 kishi bo‘lib harakat qildik, biroq uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

So‘ngra Mourinyu qo‘shimcha qilib: “Matbuot bilan yaxshi munosabatda ko‘rinasizlar. Bilaman, biz jurnalistlar bilan hamkorlik qilishimiz kerak, biroq siz ular bilan shunchalik yaqinsiz deb o‘ylamagandim. O‘yinga 4 soat qolganda televizorni yoqib, nimani ko‘rganimni bilasizmi? Ekranda bizning o‘yinga tushiriladigan tarkibimizni ko‘rdim, jin ursin!”, deb achchiqlanib gapirdi Joze.

So‘ngra u baqirib: “Oramizda kalamush bo‘lsa, siz raqibni qanday qilib hayratlantirmoqchi bo‘ldingiz? Ha, ha, kalamush”, deb aytdi.

“Biz butun hafta mashg‘ulot o‘tkazdik, syurpriz qilmoqchi edik, Pepeni Messiga xalaqit qilishi uchun yarim himoyaga qo‘ygan edik. Bizning taktikamiz raqibni ipsiz bog‘lab qo‘yishi kerak edi. Unday ekan, nima uchun bu foyda bermadi?” Hech qaysi birimiz bunga javob bermadik. Biroq Mourinyu baqirishni boshladi:

“Men har doim sizning oldingizda boraman, generalga o‘xshab sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsani nazorat qilaman. Men har doim sizning orqangizdan o‘zimni olovga tashlayman. Biz hujumga o‘tayotganimizda, kimdir orqamdan pichoq sanchganday bo‘ldi. Sizlardan biringiz o‘yindan oldin orqamdan pichoq sanchdi”.

Uning ko‘zlariga yosh keldi. Hech qachon Jozeni bunday alfozda ko‘rmagan edim. Va u yana baqirishda davom etdi:

“Qani o‘sha sotqin kalamush? Bu kim bo‘lishi mumkin? Balki, sendirsan?” deb qo‘li bilan Madridda tug‘ilgan Graneroni ko‘rsatdi va buni shunday tushuntirdi: “Bu sotqin jamoada anchadan beri o‘ynayotgan odam bo‘lishi kerak” deb, yana 3-4 nafar bolalarga yuzlandi va:

“Qanday qilib siz ustida bir hafta ishlagan narsamizni barbod qilishingiz mumkin? Siz menga pand berdinglar. Siz o‘zingizga, yaqinlaringiz va do‘stlaringizga pand berdinglar. Men o‘sha tili uzun kimsani albatta topaman. Biroq hozir bu kerakmikan, bilmayman. Men sizlardan to‘ydim va charchadim”.

Shundan keyin Joze qo‘lidagi idishni devorga uloqtirib, eshikni tarsillatib yopib, chiqib ketdi”, deb xotirlaydi o‘sha vaziyatni Dudek.

Top