Jahon | 18:40 / 03.06.2015
2489
1 daqiqa o‘qiladi

Eron fuqarosi Rossiyadan Norvegiyaga emaklab o‘tmoqchi bo‘ldi

Murmansk viloyati sudi 30 yoshli Eron fuqarosini Rossiya davlat chegarasini buzishda aybdor deb topib, jazoga tortdi. Bu haqda Interfaks agentligining xabar berishicha, u Rossiya tashqarisiga chiqarib yuboriladi.
Aytilishicha, Kareliya Respublikasida bo‘lgan erkak 27 may kuni Murmanskka kelib, taksiga o‘tirgan va Norvegiya bilan chegaradagi Borisoglebsk nazorat o‘tkazish punktiga yo‘l olgan.
Chegaradagi muhandis inshootlari yaqinidan o‘tish chog‘ida u mashinadan sakrab tushib qolgan va simto‘r tagidan emaklab o‘tgan. U Norvegiyaga o‘tib bo‘ldim, deb o‘ylab to‘xtagan paytida chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan.
Ayni paytda u Murmansk viloyatida migratsiya boshqarmasi izolyatrida saqlanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish