Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 06:41 / 03.06.2015
2387
1 daqiqa o‘qiladi
Interpol FIFAning ikki nafar sobiq xodimini qidiruvga berdi
Interpol FIFAning ikki nafar sobiq xodimiga qidiruv e'lon qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Xabar berilishicha, FIFAning sobiq vitse-prezidenti Jyek Uorner va Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasining sobiq rahbari Nikolas Leos qidiruvga berilgan.
Avvalroq o‘z lavozimini tark etishini e'lon qilgan Yozef Blatter navbatdan tashqari saylovlargacha tashkilotning rahbari sifatida o‘z lavozimida qolishini ma'lum qilgandi.