Jahon | 18:14 / 03.06.2015
1423
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya parlamenti birinchi urinishda prezidentni saylay olmadi

3 iyun kuni Latviya seymida bo‘lib o‘tgan mamlakat prezidentligi uchun saylovda nomzodlardan birortasi zarur bo‘lgan 51 ovozga ega bo‘la olmadi.

Prezidentlik uchun 4 nafar nomzod kurashgan bo‘lib, ulardan 2 nafari koalitson partiyadan va qolgan 2 nafari muxolifat partiyalar vakili hisoblanishadi.

“Yashillar” ittifoqi va mehnatkashlar mudofaa vaziri Raymonds Veyonis nomzodi uchun parlament deputatlarining 34 nafari ovoz bergan.

“Barchasi Latviya uchun!” milliy birligi davlat rahbari lavozimiga Yevropa hamjamiyati sudi sudyasi Egils Levits uchun esa 24 deputat ovoz bergan. Muxolifatdagi sotsial-demokratik partiya “Kelishuv”dan bo‘lgan nomzodi ko‘rsatilgan Sergey Dolgopolovni 23 deputat qo‘llab-quvvatlagan.

Yana bir muxolifat partiyasi Latviya hududlari birligi o‘z yetakchisi seym deputati Martinsh Bondars uchun 7 parlament a'zosi ovoz bergan.

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish