Jahon | 23:27 / 03.06.2015
2773
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov YeHXTdan Minsk kelishuvlarini kim buzayotganini aniqlashni so‘radi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti missiyasidan Minsk kelishuvlarini kim buzayotganini aniqlashni so‘radi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz YeHXTga Maxsus monitoring komissiyasiga kim, necha marta va qayerga o‘q uzgani, bu otishmalarning maqsadi va bu otishmalardan kim – tinch aholi yoki aholi punktlariga artilleriyalardan o‘q uzayotgan harbiylar jabr ko‘rayotgani haqida hisobot berishi vazifasini topshirishi yuzasidan ushbu tashkilotga murojaat qildik”, deb aytmoqda Lavrov.

Lavrovning aytishicha, “aslida nima bo‘layotgani va kim nafaqat Minsk kelishuvlarini, balki xalqaro insonparvarlik huquqinini buzayotganligi haqida to‘liq manzara hosil bo‘lishi” uchun zarur bo‘lmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish