Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:53 / 03.06.2015
2003
1 daqiqa o‘qiladi
Mutko 2018 yilgi mundial Rossiyada o‘tishi bo‘yicha hech qanday tahdid yo‘qligini aytdi
Rossiya Federatsiyasi Sport ishlari vaziri Vitaliy Mutko 2018 yilgi Jahon chempionati FIFA belgisi ostida Rossiyada o‘tkazilishiga hech qanday shubhasi yo‘qligini ma'lum qildi.
"Rossiyadan mezbonlik olib qo‘yilishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Bu kimningdir xohishi bilan amalga oshmaydi. Rossiya yetarlicha qo‘llab-quvvatlash va ishonchni his qilib turibdi. Men Rossiya 2018 yilgi mundial mezbonligidan mahrum bo‘lishini xayolimga ham keltirmayapman", deydi Mutko "Rossiya 24" telekanali orqali qilgan chiqishi davomida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish