Sport | 11:07 / 03.06.2015
1752
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2015 yilgi regbi bo‘yicha jahon chempionatini bepul translyatsiya qiladi

O‘zbekistonga regbi bo‘yicha jahon chempionatini bepul translyatsiya qilish huquqi berildi. Chempionat shu yil Angliyada bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro regbi ittifoqi prezidenti Bernard Lapassetning Uzbekistan Today muxbiriga bergan ma'lumotiga qaraganda, bu ish O‘zbekistonda regbini ommalashtirish uchun amalga oshirilgan.
Shuningdek, u O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda xalqaro miqyosdagi musobaqalarni qabul qilish uchun zaruriy sharoitlar yaratilishini bayon qilib o‘tdi. Qo‘shma chora-tadbirlar dasturi hakamlar va murabbiylarni tayyorlash, texnik ta'minot va sport infrastrukturasini yaratishni nazarda tutadi.

O‘z tashrifi doirasida Lapasset Osiyo regbi federatsiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi. Uning boshchiligidagi delegatsiya “Regbiga kirish” loyihasining O‘zbekistondagi ijrosi bilan tanishib chiqdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish