O‘zbekiston | 20:37 / 03.06.2015
5856
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryoda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havzasi boshqarmalari vakillari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta'kidlandi. 

Davlat rahbarining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda ishlab chiqilgan dasturga binoan 2014 yilda qariyb 30 milliard so‘mlik ish bajarilib, 19 irrigatsiya va melioratsiya inshooti foydalanishga topshirildi. 

Seminar ishtirokchilari dastur doirasida ta'mirlangan “Yo‘ldosh” nasos stansiyasi, Qarshi tumanidagi “Najotkor zamin hosiloti” fermer xo‘jaligida joriy etilgan tomchilatib va egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish tizimi, hududdagi YuK-5-8 kollektori, joylardagi irrigatsiya va melioratsiya tizimlarida amalga oshirilgan ishlar, korxona va tashkilotlarning yordamchi xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi. 

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyev so‘zga chiqdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish