22:26 / 03.06.2015
3343

Rossiya o‘z hududidan AQSh parranda go‘shtini Qozog‘istonga tranzit qilinishini taqiqlab qo‘yishi mumkin

Rossiyaning Rosselxoznadzor tashkiloti Rossiya hududi orqali AQShdan Qozog‘istonga parranda go‘shti tranzitini taqiqlab qo‘yishi mumkin. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Bugun-erta AQSh parranda go‘shtini Qozog‘istonga tranzit qilinishi masalasini ko‘rib chiqamiz, chunki bu mahsulot tranzit paytida bizning hududda “yo‘qolib qolmoqda”, deb aytdi Rosselxoznadzor rahbari Sergey Dankvert.

Dankvertning aytishicha, AQSh tranzit bahona o‘ziga nisbatan kiritilgan oziq-ovqat embargosini chetlab o‘tmoqda. “Man qilingan mahsulot har qanday yo‘llar bilan hududimizga olib kirilmoqda, Rosselxoznadzor xodimlari bu mahsulotni bir qator Rossiya viloyatlarida, asosan Sibirda aniqlamoqdalar”, deb ta'kidlab o‘tdi Dankvert.

Rossiya 2014 yilning 7 avgustidan AQShdan parranda go‘shti olib kelinishini man qilib qo‘ygan.

Top